Tramp koronavirusni davolashda qaysi dori sinab ko‘rilishini ma’lum qildi

Tramp koronavirusni davolashda qaysi dori sinab ko‘rilishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp COVID-19 koronavirusiga qarshi gidroksixloroxin, ya’ni bezgakni davolashda ishlatiladigan preparat sinovdan o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qidli. Bu haqda News Week xabar bergan.

«Quvonarli jihati ushbu dori anchadan beri mavjud va hammasi biz kutgandek chiqmagan taqdirda ham preparat hech kimni o‘ldirmaydi», — degan Tramp.

Amerika davlat rahbarining fikricha, preparat birinchi bosqichda hayratlanarli natijalar ko‘rsatgan.

«Ushbu dori samara bersa uni tezkorlik bilan hamma sotib oladigan darajaga yetkazmoqchimiz», — degan AQSh davlat rahbari.

Tramp shuningdek, «Remdesevir» preparati ham koronavirusga qarshi kurashda foydali bo‘lishi mumkinligi haqida ham gapirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!