Tramp Janubiy Karolinadagi praymerizda muddatidan oldin g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Tramp Janubiy Karolinadagi praymerizda muddatidan oldin g‘alaba qozonganini e’lon qildi

AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli Janubiy Karolina shtatining 3 ta tumanida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, qolgan 46 ta tumanda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp yetakchilik qilmoqda.

Bu haqda xorij matbuotiga tayanib, «Report» xabar bermoqda.

Saylov byulletenlarining 34 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Tramp Respublikachilar partiyasi tarafdorlarining 59,4 foizi ovozini oldi.

Nikki Xeyli Donald Trampni Janubiy Karolinadagi praymerizdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Biroq Nikki Xeyli Janubiy Karolinadagi praymerizda yutqazganiga qaramay, poygadan chiqmasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!