Tramp ham Fransiyadagi Olimpiadaning ochilish marosimini sharmandalik deb atadi

Tramp ham Fransiyadagi Olimpiadaning ochilish marosimini sharmandalik deb atadi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Parijdagi Olimpiadaning ochilish marosimini sharmandalik deb atadi.

«Men juda keng fikrli odamman. Ammo ular qilgan ish sharmandalik edi», - dedi Tramp.

Avvalroq, Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari va Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev ham Olimpiadaning ochilishini sharmandali shou deb atagan edi.

26 iyul kuni 2024 yilgi o‘yinlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, u tarixda birinchi marta stadionda emas, balki shaharda bo‘ylab bo‘lib o‘tdi. Jamoalar qayiqlarda Sena daryosi bo‘ylab suzib kelishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!