Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida futbol sabab ommaviy janjal chiqdi

Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida futbol sabab ommaviy janjal chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 noyabr kuni taxminan soat 16.50 larda Mirobod tumanidagi Parvona mahallasida 125-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 va 10-sinf o‘quvchilari futbol o‘ynayotgan vaqtida o‘zaro urushib ketishgan. Ularning janjali shu atrofda bo‘lgan fuqarolar tomonidan to‘xtatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!