Toshkentda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan  konferensiya bo‘lib o‘tadi



27 avgust kuni poytaxtimizda «O‘zbekiston va Ozarbayjon: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari» mavzusida gibrid formatdagi onlayn konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Anjuman Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlarini muhokama qilishga bag‘ishlanadi.
Tadbirda O‘zbekiston va Ozarbayjon diplomatik vakolatxonalari hamda ikki davlatning yetakchi tahliliy va tadqiqot markazlari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etadi.
Kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligining bugungi holati, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakatning transport-logistika aloqalarini rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!