O‘mondagi masjid yaqinidagi otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi

O‘mondagi masjid yaqinidagi otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi

O‘mondagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan otishmada kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi.

Bu haqda O‘mon polisiyasi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Departament hech qanday ma’lumot bermadi, faqat bu borada tergov boshlanganini bildirdi.

“Vaziyatni bartaraf etish uchun barcha xavfsizlik choralari ko‘rildi, tergov doirasida dalillar to‘plash jarayonlari yakunlanmoqda”, deyiladi polisiya bayonotida.

O‘mon poytaxti Maskatning Al-Vadi Al-Kabir hududidagi masjid yaqinida kamida bir kishi avtomatdan o‘t ochganini aytilmoqda.

O‘mon Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Yaman bilan chegaradosh. Asosan musulmonlar yashaydigan mamlakatda bunday hujumlar kam uchraydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!