Ummon qirg‘oqlarida neft tankeri ag‘darilib ketdi

Ummon qirg‘oqlarida neft tankeri ag‘darilib ketdi

Komor orollari bayrog‘ini ko‘targan neft tankeri Ummon suvlarida halokatga uchradi . Bu haqda Sultonlik Mudofaa vazirligi huzuridagi Dengiz xavfsizligi markazi xabar berdi.

«Komor orollari bayrog‘i ko‘tarilgan neft tankeri Ed Duqm hududida Ras Madraki shahridan 25 dengiz mili (taxminan 46 km – TASS eslatmasi) janubi-sharqida ag‘darilib ketdi», deyiladi markazning X (sobiq Twitter) sahifasida chop etilgan xabarda.
Rasmiylar qidiruv-qutqaruv operasiyasini olib bormoqda. Qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!