Toshkentda imtiyozli shartlar asosida uy olmoqchi bo‘lgan fuqarolar pullaridan ayrildi

Toshkentda imtiyozli shartlar asosida uy olmoqchi bo‘lgan fuqarolar pullaridan ayrildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.” MCHJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar noqonuniy boylik orttirish maqsadida, turli xil tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, go‘yoki ular rahbarlik qilayotgan MCHJ orqali ko‘p qavatli turar-joy binosini qurishda ulushli ishtirok etish to‘g‘risida yuzaki “fiktiv” shartnomalar tuzib, xonadonlarni imtiyozli shartlar asosida olib berishni va’da qilib, 31 nafar fuqaroning 25 000 AQSh dollari va 291 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!