Toshkentda erkak aliment uchun 818 mln so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirdi

Toshkentda erkak aliment uchun 818 mln so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirdi

Toshkentda erkak aliment uchun 818 million so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirdi. Bu haqida Majburiy ijro byurosiga tayanib "Daryo" xabar qildi.

“Hozirgi kunda Byuro organlarida 300 mingga yaqin alimentga oid ijro ishlari mavjud bo‘lib, bu 400 mingdan ortiq voyaga yetmaganlarning moddiy ta’minoti bilan bog‘liq muhim masala bo‘lib qolmoqda.

Bo‘lim ish yurituvida sudning 2022 yil 23 maydagi buyrug‘iga asosan qarzdor E.Z dan undiruvchi N.D foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati o‘sha yilning 30 mayida kelib tushgan bo‘lib, shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan E.Z. voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining ta’minoti uchun ular to voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment miqdorini oldindan hisoblab berishlikni so‘rab ariza bilan murojaat yo‘llagan.

Shunga ko‘ra, qarzdorning arizasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori muvofiq oldindan to‘lanishi belgilangan aliment miqdorini hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Unga ko‘ra, uch nafar farzandlar voyaga yetguniga qadar ya’ni 01.07.2024 yildan 01.07.2040 yiliga qadar bo‘lgan davr uchun aliment miqdori hisoblanganda ushbu davr uchun jami 818 mln 895 ming193 so‘m miqdorida aliment miqdori vujudga kelgan.

Sudning ajrimiga asosan qarzdor E.Z tomonidan N.D foydasiga jami 818 mln 895 ming193 so‘m evaziga 1 ta uy, Spark avtotransport vositasi va 2 ming AQSh dollari miqdorida aliment undirilib berilishi ta’minlandi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!