Toshkentdagi mebel ishlab chiqaradigan sex yonib ketdi

Toshkentdagi mebel ishlab chiqaradigan sex yonib ketdi

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, bugun 18 sentyabr kuni soat 07:28 da Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan, mebel ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 07:34 da yetib borishgan, yong‘in soat 08:56 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda mas’ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!