Ruminiya parlamentida noma’lum shaxs yong‘in keltirib chiqardi

Ruminiya parlamentida noma’lum shaxs yong‘in keltirib chiqardi

Ruminiya parlamenti zallaridan birida noma’lum shaxs ichiga benzin to‘ldirilgan shishani uloqtirib, binoga o‘t qo‘yib yubordi. Bu haqda Agerpres agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida ish yuritish buyumlari va kiyim-kechaklar yonib ketgan, biroq hech kim jabrlanmagan. Yong‘in haqidagi signal chalinganidan so‘ng darhol o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va binodan 300 ga yaqin odam evakuasiya qilingan.

Poytaxt favqulodda vaziyatlar inspeksiyasi vakili Stefan Eduardning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan Konstantin Brankus zalida kelib chiqqan va taxminan 30 kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

Polisiya o‘t qo‘ygan shaxsni qidirmoqda, unga 2 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!