Toshkentda 112 mln so‘mlik daraxtlarni kesgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentda 112 mln so‘mlik daraxtlarni kesgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkent shahri hududida 2018 yilning 21 iyun kuni 112 million 274 ming 644 so‘mlik chinor, shumtol, olxo‘ri daraxtlari kesib ketilgani aniqlandi va «aybdor» qo‘lga olindi. Bu haqda UzNews huquq-tartibot idoralaridagi ishonchli manbasiga tayanib xabar berdi.

2018 yilning 21 iyun kuni soat taxminan 14:30 da 1988 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi U.I. Toshkent shahri Markaz-13 dahasi 11-uyning ro‘parasida bo‘la turib, dov-daraxtlarni kesish uchun ruxsatnoma bo‘lmasa ham, daha hududidagi joylashgan diametri 92,3, 99,3 va 114,9 sm bo‘lgan 3 dona chinor, diametri 38,8, 83,5, 77,7, 26,4 va 44,5 sm bo‘lgan 5 dona shumtol, diametri 35,3 sm bo‘lgan 1 dona olxo‘ri jami 9 ta daraxtlarni noqonuniy ravishda kesib tashlagan, natijada tabiat va o‘simlik dunyosiga 112,274,644 so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.

Gumonlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksning 224-moddasi («Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibi») tartibida ushlangan. Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi («Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish») 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!