Toshkent viloyatida yirik to‘qimachilik-industrial texno parki barpo etilmoqda

Toshkent viloyatida yirik to‘qimachilik-industrial texno parki barpo etilmoqda

Mazkur ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi Z.Mirzayev, viloyat Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshlig‘i A.Abduxalilov va boshqa mas’ullar Yuqori Chirchiq tumani “Nurli zamin” MFY hududida bo‘ldi.

69,2 gektar yer maydonida tashkil etilayotgan “Textile Industry Park” to‘qimachilik-industrial texno parkining qurilish jarayonlari boshlangan.

“Textile Industry Park” loyihasi 23 ta lotlarga bo‘lingan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 350 million dollarni tashkil etadi.

Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 2 000 nafardan ziyod. Loyihaning to‘liq amalga oshirish va yakunlash ishlari 2025-yil 4-choragiga mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!