Benzindagi AI-80, AI-92, AI-95 yozuvlari nimani anglatadi?

Benzindagi AI-80, AI-92, AI-95 yozuvlari nimani anglatadi?

AI-80, AI-92, AI-95 va AI-98 — benzinning keng tarqalgan turlari hisoblanadi. Bu yerda raqamlar oktan sonini bildiradi. “A” harfi yonilg‘i avtomobillar uchun ishlatilishini ifodalaydi, “I” harfi esa tadqiqot (ruschada “issledovaniYE”) so‘zidan olingan bo‘lib, oktan sonini aniqlash uchun qo‘llanadigan usulni anglatpdi.

Oktan soni muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u yonuvchan suyuqlikning uchqunsiz, ya’ni o‘z-o‘zidan yonib ketishiga turg‘unligini tavsiflaydi — qiymat qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘z-o‘zidan alanga olish xavfi shunchalik past bo‘ladi. Kimyoviy nuqtai nazardan, oktan soni benzindagi uglevodorodlarning o‘ziga xos aralashmasidan kelib chiqadi. Ushbu uglevodorodlar qanchalik murakkab tuzilgan bo‘lsa, oktan soni shunchalik yuqori bo‘ladi. Lekin bu faqat yuqori oktanli benzin quyish kerak degani emas. Eng optimal yo‘l — avtomobil turi va modeliga asoslanib unga mos keladigan benzin turini quyish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!