Emmanuel Makron ittifoqchilarni Isroilga G‘azo sektorida qo‘llashi mumkin bo‘lgan qurollarni yetkazib bermaslikka chaqirdi

 Emmanuel Makron ittifoqchilarni Isroilga G‘azo sektorida qo‘llashi mumkin bo‘lgan qurollarni yetkazib bermaslikka chaqirdi

"Menimcha, bugungi kunning ustuvor vazifasi - G‘azo sektoridagi jangovar harakatlar uchun qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish va siyosiy yechimga erishishdir", — deya ta’kidladi Fransiya prezidenti France Inter telekanaliga bergan intervyusida.

Makron Isroil harbiylarining Livandagi harbiy amaliyotlariga ham izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir asosiy vazifa qurolli ziddiyatning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

"Livanliklar qurbon bo‘lmasligi va Livan yana bir G‘azoga aylanmasligi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Fransiya rahbari.

Makron, shuningdek, Fransiya Isroilga hech qanday qurol-yarog‘ yetkazib bermasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!