AQSh Ukrainaga raketalar bo‘yicha o‘z harbiy ishlanmalarni bermoqda
Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinov AQShni Ukrainaga uzoq masofali yetkazib berishda aybladi.
Biroz oldin Vladimir Zelenskiy Ukrainaning yangi ballistik raketasi parvoz sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qilgandi.
“Ukrainada bunday raketa "ishlab chiqilgani" Zelenskiyning Amerikaga qilgan safari natijasidir. AQSh o‘zlarining harbiy texnologiyalarini Ukrainaga berishdi, aniqrog‘i, ular qurollarining shunchai ishlab chiqilgan joyi haqidagi yozuvni o‘zgartirmoqda”, — dedi Konstantinov RIA Novostiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Birinchi jahon urushi yillarida Qrimda shunga o‘xshash voqea bo‘lgan. Germaniyaning ikkita zamonaviy kemasi Turkiya bayrog‘i ostida Qora dengizga kirib kelgan.
“Endi esa ular AQShning tayyor ehtiyot qismlaridan Kiyevda raketa yig‘ib, “Ukrainada ishlab chiqarilgan” tamg‘asini qo‘yishadi. Keyin esa G‘arbning bunga aloqasi yo‘q deb turib oladi. Kiyevga bu raketalar juda kerak, chunki frontda hamma narsa yutqazilgan, Ukraina Qurolli kuchlari butunlay mag‘lub bo‘lish arafasida", dedi Konstantinov
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb bir chetda turib, Rossiyani Ukrainaga yadro quroli bilan hujum qilishga provokasiya qilmoqda. Ularni Ukraina taqdiri qiziqtirmaydi. Zelenskiy o‘ziga allaqachon zahira aerodrom tayyorlab qo‘ygan. Uninng oilasi anchadan beri Londonda yashaydi, dedi senator.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq NATO davlatlari vakillari Kiyevga uzoq masofali raketalar bilan Rossiya hududi ichkarisiga zarba berishga ruxsat berishdan o‘larini tiyishni kerakligi haqida ogohlantirgan edi.