Surxondaryoda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan tadbirkor oqlandi

Surxondaryoda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan tadbirkor oqlandi

Jumladan, tergov organi hujjatlariga ko‘ra, “TERMIZ business building” mas’uliyati cheklangan jamiyatining norasmiy rahbari Nazarov Sherzod (ism-familya o‘zgartirilgan) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi bo‘lgani holda shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, soliq to‘lovlaridan qochish orqali moddiy naf ko‘rishni maqsad qilib, rahbarligidagi jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan 2019-2021 yillar yakuni bilan soliq organlariga taqdim etgan hisobotlarida foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish orqali 459 ming so‘mlik yagona soliq, 51 mln. 786 ming so‘mlik jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, 163 mln. 304 ming 300 so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘i va 2 mln. 254 ming 300 so‘mlik yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i jami bo‘lib esa 217 mln. 803 ming 700 so‘mlik juda ko‘p miqdordagi soliq to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlikda aybli deb topilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudining 2023 yil 3 noyabr kunidagi hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi JK 184-moddasining 3-qismi bilan 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, JKning 59-moddasi 8-qismi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchining advokati tomonidan keltirilgan shikoyat bo‘yicha jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqilib, Surxondaryo viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi 2024 yil 21 may kunidagi ajrimi bilan sud hukmi bekor qilinib, Nazarov Sherzod O‘zbekiston Respublikasi JKning 184-moddasi 3-qismi bilan uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan aybsiz deb topilib, reabilitasiya qilinib, oqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!