Polsha yil oxirigacha Belarus va Rossiya bilan chegarasida mudofaa istehkomlarini qurmoqchi

Polsha yil oxirigacha Belarus va Rossiya bilan chegarasida mudofaa istehkomlarini qurmoqchi

Bu haqda Polsha Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezari Tomchik ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, loyiha Rossiya va Belarus bilan chegarada mudofaa istehkomlari, to‘siqlar, bunkerlar va razvedka tizimlari tarmog‘ini qurishni o‘z ichiga oladi.

Tarcza Wschod (“Sharq qalqoni”) mudofaa ob’ektlari qurilishining qiymati 10 milliard zlotiy (2,5 milliard AQSh dollaridan ortiq), deya baholanmoqda. Qurilish ishlarini 2028 yilda yakunlash rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!