Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi

«O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:

  • Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institusional va uslubiy asoslarini takomillashtirish;
  • norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish («Recognition of Prior Learning») tizimini joriy qilish;
  • ko‘nikmalarni prognozlashtirish («skills anticipation»), ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish («skills needs analysis”), ko‘nikmalar bilan bog‘liq kamchiliklarni o‘rganish (“skills gap analysis”) vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.

«Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi» loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi.

2025 yil 1 fevralgacha Institutda Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 noyabrgacha Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta’minlanadi.

2026 yil 1 dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!