Turkiyada avtobus halokatida rossiyalik sayyohlar jabrlandi

Turkiyada avtobus halokatida rossiyalik sayyohlar jabrlandi

Turkiyaning Alaniya shahri yaqinida turistik avtobuslar bilan sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar Rossiya fuqarosi jabrlandi. Bu haqda Rossiyaning Antaliyadagi bosh konsulligiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda .

«5 oktabr kuni Alaniya shahri yaqinida ikkita avtobusning to‘qnashuvi natijasida ikki nafar rossiyalik sayyoh jarohat oldi», — deyiladi diplomatik vakolatxona xabarida.

Yaralangan rossiyalik ayollardan biri kasalxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, Bosh konsullik turoperator va sug‘urta kompaniyasi bilan aloqada.

Avariya Alaniya tomon harakatlanayotgan sayyohlar bo‘lgan avtobus yo‘l chetida turgan avtobusga borib urilganda sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!