Fransiya 300 ta yirik kompaniyaga soliqlarni vaqtincha oshirmoqchi
Fransiyaning yangi bosh vaziri Mishel Barnye mamlakatdagi 300 ta yirik kompaniya soliqlarini oshirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Uning ta’kidlashicha, bu bir-ikki yilga mo‘ljallangan "vaqtinchalik chora".
Shu payshanba kuni «France 2» telekanalining «l 'Event» dasturiga taklif qilingan Bosh vazir Mishel Barnye soliq masalasiga qaytdi.
“Xususan, qiymati bir milliard yevrodan oshgan atigi 300 ta kompaniya bir-ikki yil ichida davlat g‘aznasiga ko‘proq soliq to‘lashi kerak”, – dedi Mishel Barnye.
Byudjet taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mamlakat hukumati joriy yil yalpi ichki mahsuloti 6,1 foizdan 5 foizgacha qisqarishini bashorat qilib, 2025 yilda xarajatlarni qisqartirish va soliqlarni umumiy summasi qariyb 60 milliard yevroga oshirish chora-tadbirlarini rejalashtirmoqda.
“Bu har yili byudjetga taxminan 2 milliard yevro jalb qilish imkonini beradi”, – dedi u.
Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, umumiy hisobda yirik kompaniyalar va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning oshishi byudjetga 20 milliard yevroga yaqin mablag‘ jalb qiladi.
Fransiya hukumati kelasi yil turli vazirliklar, mahalliy hokimiyat organlari va ijtimoiy ta’minot dasturi bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish orqali byudjetni sezilarli darajada tejashga erishmoqchi.