Toshkent metrosining barcha bekatlarida bepul Wi-Fi ishga tushdi

Toshkent metrosining barcha bekatlarida bepul Wi-Fi ishga tushdi

Bugundan boshlab Toshkent metrosining barcha bekatlarida Wi-Fi ishga tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Wi-Fi tarmog‘i Metrotelecom kompaniyasi, UCELL uyali aloqa tarmog‘i hamda Toshkent metropoliteni hamkorligida tashkil qilingan.

Birinchi marotaba internetga ulanish uchun dastlab tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ro‘yxatga olish telefon raqamiga yuboriladigan SMS orqali amalga oshadi. Shundan so‘ng, reklama roligini tomosha qilish va internetga ulanish tugmasini bosish kerak bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosida Wi-Fi xizmati ilk bor ICT Week doirasida 25 sentyabr kuni Mustaqillik maydoni va Amir Temur bekatlarida ishga tushirilgan edi. O‘shanda ushbu 3 kompaniya rahbarlari Toshkent metropolitenida Wi-Fi xizmatining ishga tushiriligi metropolitenning yo‘lovchilar uchun jozibadorligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirishgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!