Toshkent metrosida poyezdlar tezligi pasaytiriladi

Toshkent metrosida poyezdlar tezligi pasaytiriladi

Bunga havo haroratining keskin ko‘tarilayotgani sabab bo‘lmoqda.

Metropoliten axborot xizmati mazkur o‘zgarishdan boxabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent metropolitenining barcha yerusti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi soat 12:00 dan 18:00 ga qadar kamaytiriladi.

“Bu orada elektropoyezdlar qatnovidagi oraliq intervallar ham o‘zgaradi, ya’ni ortadi”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!