Toshkent metropolitenining “O‘zgarish” bekatida yong‘in chiqdi

Toshkent metropolitenining “O‘zgarish” bekatida yong‘in chiqdi

Ushbu holat yuzasidan Toshkent metropoliteni quyidagilarni ma’lum qildi:

Ijtimoiy tarmoqlarda “Metropolitenning O‘zgarish’ bekatida yong‘in chiqdi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Toshkent metropoliteni quyidagilarni ma’lum qildi:

“Joriy yilning 27 avgust sanasida, soat 19:28 lar atrofida O‘zgarish bekatining kontakt relsidagi mavjud qurilmalardan birida qisqa tutashuv holati sodir bo‘lgan va buning natijasida yong‘in chiqqan. Yuzaga kelgan nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan so‘ng poyezd harakati qayta tiklangan. Yong‘in natijasida hech kimga hech qanday talafot yetmagan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi metropoliten xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!