Toshkent yer usti metrosida hosil bo‘lgan darcha to‘g‘risida ma’lumot berildi

Toshkent yer usti metrosida hosil bo‘lgan darcha to‘g‘risida ma’lumot berildi

Toshkent yer usti xalqa metrosining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan yo‘nalishining 4-bekatida hosil bo‘lgan darcha to‘g‘risida ma’lumot berildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan «o‘pirilish» metroning 4-bekatida quruvchilar tomonidan 24 fevral kuni tungi soat 00:00dan keyin, ya’ni metro poyezdlari harakati to‘xtatilgandan so‘ng, kabel o‘tkazish ko‘prigini qurish uchun maxsus uskuna yordamida loyiha hujjatlariga asosan betonning bir qismi ochilgan.

Metro estakadasi ostidan harakatlanuvchi piyodalar va avtomobillar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi paytda ishlar tashkil qilinib, qurilish me’yor va qoidalari asosida amalga oshirilmoqda va mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan. Kabel o‘tkazish ko‘prigi qurilishi estakada mustahkamligiga zarar yetkazmaydi. Maxsus darcha ochish ishlari yakunlangandan so‘ng, yo‘ldagi chiqindilar tozalangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!