Tomoshabinning tana harorati 37,5 darajadan baland bo‘lsa, sport ob’ektlariga kiritilmaydi — Olimpiada qoidalari

Tomoshabinning tana harorati 37,5 darajadan baland bo‘lsa, sport ob’ektlariga kiritilmaydi — Olimpiada qoidalari

Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga kelgan tomoshabinning tana harorati 37,5 darajadan baland bo‘lsa, sport ob’ektlariga kiritilmaydi. Musobaqalarga kelish qoidalarida shunday deyiladi.

Ta’kidlanishicha, tana harorati termograf yoki kontaktsiz termometr yordamida tekshiriladi.

Bundan tashqari, muhlislar stadionlarda niqob taqishi, antiseptiklardan foydalanishi va ijtimoiy masofa saqlashi shart. Tomoshabinlarga baland ovozda gaplashish, baqirish va qarsak chalish ham taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!