Tokayev: "Dunyoga yangi ko‘p tomonlama savdo tizimi kerak"

Tokayev: "Dunyoga yangi ko‘p tomonlama savdo tizimi kerak"

Xalqaro hamjamiyat adolat va ochiqlik tamoyillariga asoslangan yangi ko‘p tomonlama savdo tizimiga muhtoj.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Boao Osiyo forumida aytib o‘tdi.

"Bugungi kunda o‘sib borayotgan savdo to‘siqlari, proteksionizm va shartnomalarning buzilishi jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammolarni hal qilish nohaq savdo to‘siqlarini bartaraf etish va raqamlashtirish orqali ta’minot zanjirlarining shaffofligini oshirishni talab qiladi", - deya davlat rahbarining matbuot xizmatidan iqtibos keltiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!