Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yengil turdagi metropoliten barpo etiladi

 Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yengil turdagi metropoliten barpo etiladi

Mamlakat transport vaziri Azim Ibrohim ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda quriladigan metropolitenning 10 kilometr uzunlikdagi yo‘nalishi 2026 yilda ishga tushiriladi.

"Gidrogeologik va geologik jihatlarni tadqiq qilgan holda, shaharning qaysi qismida va qanday formatda – yengil yer usti yoki yer osti metropoliteni qurish borasida yakuniy qaror qabul qilinadi", — deydi transport vaziri.

Hozircha Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat O‘zbekiston va Qozog‘istonda mazkur transport turi faoliyat yuritmoqda. 1977 yili mintaqada ilk bor Toshkent metropolitenining birinchi liniyasi ishga tushirilgan. 2011 yilda esa Qozog‘istonning Olmaota shahrida 11 kilometr uzunlikdagi metro tarmog‘i foydalanishga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!