Tog‘da yo‘qolgan bola hushsiz holda topildi (video)

Tog‘da yo‘qolgan bola hushsiz holda topildi (video)

Andijon viloyati FVV boshqarmasi tezkor navbatchilik qismi qutqaruvchilari tog‘da yo‘qolib qolgan bolani bir kundan so‘ng topishdi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati FVV boshqarmasi xodimi Zamon ko‘rsatuviga ma’lumot berdi.

2002 yilda tug‘ilgan Abdurahimov A. tog‘da o‘rtoqlari bilan birga sayr qilib yurgan mahalda, oyog‘i toyishi natijasida pastga qulab tushgan. Qidiruv natijalariga asosan Asadbek baland tog‘ qoyalar ostidan 100 metr pastlikda daraxtlar ichida behush yotganligi aniqlandi. Uning bosh tomoni jarohatlangan. Hozirda ahvoli qoniqarli, deydi FVV Andijon viloyat bo‘lim boshlig‘i Umidjon Ismoilov.

Uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!