TIV O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi: "Yuqumli kasallik tarqalgan!"

TIV O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi: "Yuqumli kasallik tarqalgan!"

O‘zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning Bihar shtati aholisi zich joylashgan hududlarida o‘tkir ensefalit sindromi (Acute Encephalitis Syndrome) tarqalmoqda, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 80 kishidan ortiq bo‘lib, asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

Shu munosabat bilan, Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolariga imkon qadar mazkur mintaqaga tashrif buyurmaslik va ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

«Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640» , — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!