TIV Leningradda o‘zbekistonlik cho‘pon halok bo‘lganini tasdiqladi

TIV Leningradda o‘zbekistonlik cho‘pon halok bo‘lganini tasdiqladi

Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxona 2019 yil 13 oktyabr kuni Leningrad viloyati, Viborg tumanida cho‘pon bo‘lib ishlagan O‘zbekiston fuqarosi S.A. baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni paytda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

«Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!