The New York Times nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genosid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi

The New York Times nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genosid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi

AQShning The New York Times nashri HAMAS va Isroil haqidagi xabar va yangiliklar matnlarida “genosid” va “etnik tozalash” kabi tushunchalardan foydalanishni xodimlariga taqiqladi. Bu haqda Anadolu nashri batafsil xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, The New York Times G‘azo inqiroziga oid yangiliklar yozish bo‘yicha bir qancha yangi ko‘rsatmalar bergan. Xodimlarini kayfiyat va norozilik uyg‘otuvchi jumlalarni ishlatishdan tiyilishga chaqirgan.

Ko‘rsatmalarda BMT va shunga o‘xshash oliy tashkilotlar hisobot va bayonotlarini istisno qilgan holda, kundalik xabar, maqola, yangiliklarda ro‘yxati keltirilgan tushunchalar ishlatilishi taqiqlangan. Shuningdek, 1948 yildan beri BMT tomonidan qo‘llanilayotgan “qochoqlar lageri” iborasidan foydalanmaslik uqtirilgan.

The Intercept nashri bergan bayonotda aytilishicha, nashr xodimlariga berilgan yangi ko‘rsatmalar Isroil xatti-harakatlarini oqlashga xizmat qiladi. Jamoatchilik fikrini jilovlashda yordam beradi.

“Menimcha, agar siz Falastin-Isroil mojarosining tarixiy konteksti haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, bu qaror professional va mantiqiy ko‘rinadi. Agar siz barchasidan xabardor bo‘lsangiz, bu qaror Isroil uchun ishlashini tushunasiz”, — deyiladi Intercept manbasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!