Tez kunda! Qozog‘iston "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda

Tez kunda! Qozog‘iston "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda

Qozog‘istonda 2020 yilning 22 dekabridan Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, aholini ixtiyoriy ravishda ommaviy vaksina bilan emlash ishlari esa 2021 yildan boshlash ko‘zda tutilgan. Bu Qozog‘iston prezidenti Kasim Jomart-Tokayevning bosh vazir Askar Mamin bilan bo‘lgan uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.

"Davlat rahbariga alohida blokda uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishuviga binoan shu yilning 22 dekabrida Qozog‘istonda Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasini ishlab chiqarish boshlanishi haqida xabar berildi. Mamlakat aholisini ommaviy ravishda ixtiyoriy emlashni boshlash ishlari 2021 yil boshidan rejalashtirilgan", - deb yozadi Akorda.

Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda aholining virusni yuqtirib olishga ko‘proq moyil bo‘lgan qismi, xususan, shifokorlar, pedagoglar va kuch tuzilmalari xodimlari qamrab olinadi.

Sal oldinroq Qozog‘iston dekabr oyida qozoq vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi ma’lum qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!