Tayvanda 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Seshanba kuni Pekin vaqti bilan soat 02:26 da Tayvan orolidagi Xualyan okrugi qirg‘oqlarida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Xitoy seysmologik tarmoq markazi. Bu haqda Sinxua agentligi yozdi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri shimoliy kenglik 23,70 daraja va sharqiy uzunlik 121,68 daraja koordinatalarida joylashgan. Gipomarkaz 10 km chuqurlikda.

Xualyan shahrida 350 ming aholi istiqomat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!