Tasdiqlandi: NATO Ukrainaga har yili 40 milliard yevro bermoqchi

Tasdiqlandi: NATO Ukrainaga har yili 40 milliard yevro bermoqchi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 40 milliard yevro sarmoya kiritish niyatida ekanini tasdiqladi. Ushbu masala AQShdagi sammitda muhokama qilinadi.

– Rossiyaning maxsus amaliyoti boshlangan 2022 yildan buyon “NATO Ukrainaga har yili 40 milliard yevro ajratyapti, – dedi Stoltenberg. –
Bu darajani, ya’ni uzoq muddatga kafolatlangan har yilgi moliyalashtirish shartini zarur vaqt davomida ushlab turishimiz kerak.

Ma’lumki, ko‘plab davlatlar RFga qarshi sanksiya qo‘llashi natijasida suveren aktivlar, xususiy investorlar mablag‘i – mamlakatning jami 300 milliard dollarga yaqin valyuta zaxirasi muzlatib qo‘yilgan. Hatto, ayrim davlatlar tomonidan ushbu mablag‘ni turli maqsadda musodara qilish haqida ham gap bor. 2022 yil oktyabr oyida YEI yetakchilari Yevropa komissiyasiga muzlatilgan aktiv hisobidan Ukrainani rekonstruksiya qilishda foydalanish bo‘yicha taklif tayyorlashni topshirdi.

Kreml ta’kidlashicha, bunday qarorlarni qabul qilish “xalqaro huquqning barcha qoida va me’yorlarini buzish sari qo‘yilgan navbatdagi qadam” bo‘ladi. RF Tashqi ishlar vazirligi bu harakatni “o‘g‘irlik” deb atadi va YEI nafaqat xususiy shaxslar mablag‘i, balki davlat aktivlarini ham nishonga olayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!