Tailand sobiq bosh vaziri qamoqdan ozod etildi

Tailand sobiq bosh vaziri qamoqdan ozod etildi

Tailand Adliya vazirligi rahbari Thavi Sodsongning ma’lum qilishicha, 2023 yil avgustidan buyon qamoq jazosini o‘tayotgan sobiq bosh vazir Taksin Shinavatra shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. Bu haqda The Associated Press xabar bergan.

Unga ko‘ra, Shinavatra yoshi yoki sog‘lig‘i bo‘yicha shartli ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. 74 yoshli sobiq rahbar hozirda Bangkokdagi polisiya kasalxonasida saqlanmoqda. Mahalliy OAVning fikricha, Shinavatra shu hafta oxirida ozod etilishi mumkin.U korrupsiya sodir etish hamda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi ayblovlar bilan 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shinavatraning shartli ravishda ozod etilishi sobiq bosh vazirning populistik partiyasi va hukumat o‘rtasida qariyb 20 yil davom etgan va harbiy to‘ntarishga olib kelgan tuzum yarashuvining ramzi bo‘ladi.

Taksin Shinavatra 2001—2006 yillarda mamlakat hukumatini boshqargan. Shinavatra 2008 yilda Tailandni tark etgan va 2023 yil avgustigacha xorijda bo‘lgan.

U sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tash uchun o‘z ixtiyori bilan mamlakatga qaytgan. Tailand qiroli Maxa Vajiralongkorn sobiq bosh vazirning jazo muddatini bir yilga qisqartirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!