“TAFTISH.UZ” muxbiri kafeda pichoqlandi

“TAFTISH.UZ” muxbiri kafeda pichoqlandi

Joriy yil 6 fevral kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida joylashgan kafeda “TAFTISH.UZ” axborot agentligining Buxorodagi muxbiri O‘.T. tanishi A.A. bilan oldindan o‘rtada nizo bo‘lganligi bois, kelishmovchilik yuzaga kelgan va A.A. oshxona pichog‘i bilan O‘.T.ning qorin qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani prokuraturasi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1 - qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 fevral kuni unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jabrlanuvchi O‘.T. shifoxonada davolanmoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!