Tadqiqot: Semizlikni keltirib chiqaruvchi yangi omil aniqlandi

Tadqiqot: Semizlikni keltirib chiqaruvchi yangi omil aniqlandi

Semizlikni keltirib chiqaruvchi omillar ko‘p. Noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakat turmush tarzi — ular orasida yetakchilari. Ammo bu global muammoning hali bizga noma’lum sabablari ham bor.

🔬Shulardan birini Yangi Zelandiyaning Otago universiteti olimlari aniqladi. Buning uchun farqli yillarda AQShda qariyb 2,9 ming nafar hamda Yevropada 20 ming nafardan ziyod ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi.

♻️ Izlanish davomida yuqoridagi ilmiy tajriba qatnashchilarining vazn ko‘rsatkichlari va qondagi S vitamini konsentrasiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi.

📉 Ma’lum bo‘lishicha, semiz insonlar organizmda ushbu modda tanqisligi kuzatiladi. Ya’ni ortiqcha vaznga ega kishilarda C vitamini so‘rilishi va uning tanadan chiqarilishi tezlashadi. Natijada hujayralar yallig‘lanishiga olib keluvchi oksidlovchi stress jarayoni kuchayadi.

🧪 Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, qandli diabetning 2-turi, jigarning alkogolsiz yog‘ bosishi kabi kasalliklar ham organizmda S vitamini darajasi pasayishi bilan tavsiflanadi.

💊 Shularni inobatga olgan olimlar tanadagi S vitaminining minimal sutkalik dozasi kamida 45 mg bo‘lishi kerak, degan xulosaga keldi. Semiz insonlar organizmi esa har 10 kg ortiqcha vazn uchun qo‘shimcha 17-22 mg miqdorida bu darmondorini talab qiladi.

‼️Mutaxassislar qayd etganidek, ushbu yangilik tegishli klinik sinovlarda ham tasdiqlangandan so‘ng tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin. (https://telegra.ph/file/13916417e6d4768a9b918.png)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!