Tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan omborchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan omborchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.” MCHJ omborchisi O. o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 417,3 mln so‘mlik choy mahsulotini hech qanday hujjatlarsiz boshqa shaxslarga sotib yuborib, tadbirkorning mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!