Suvdan foydalanish munosabatlari takomillashadi va bozor munosabatlari keng joriy etiladi

Suvdan foydalanish munosabatlari takomillashadi va bozor munosabatlari keng joriy etiladi

Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ta’kidlash kerak, mazkur loyiha kecha partiya fraksiyasi yig‘ilishida ham muhokama qilingan edi. Oliy Majlisdagi tegishli qo‘mitalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan qonun loyihasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va atrof muhitning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash kabi masalalar qamrab olingan.

Mazkur qonun loyihasi bilan suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat organlarining suvdan foydalanish sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash, suv yetkazib beruvchilar va suvdan foydalanuvchilarning mas’uliyati oshirish, mamlakatning suv xavfsizligiga erishish, sohaga investisiyalarni jalb qilish va texnologik modernizasiya qilishni rag‘batlantirish maqsadi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, xalqaro maydonda suv huquqi normalarini milliy suv qonunchiligiga singdirish hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini yaxshilashga xizmat qiladi, shuningdek, suv xo‘jaligini uzoq muddatli rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratadi.

Mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!