Surxondaryoda qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan 3 ayol ushlandi

Surxondaryoda qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan 3 ayol ushlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan 3 ayol ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, tumanda 27 aprel kuni mavjud ma’lumotlarga asosan, hozirgi vaqtda Turkiyaning Istanbul shahrida vaqtincha yashovchi M.Malohat, SH.Shodiya va SH.Shoira ijtimoiy tarmoqdagi Telegram messenjeri orqali Denov tumanining «Istiqbol» mahallasida yashovchi, D.Dilafro‘z (ism shariflar o‘zgartirilgan) va Sariosiyo tumani «Dashtnobod» mahallasida yashovchi E.Elenoralarni Turkiyada fohishalik qilib, ko‘p pul topishga qiziqtirgani aniqlangan.

Shuningdek, ayollarning fohishalikdan topgan pullarining 50 foizini ularga berishini, bundan tashqari, yo‘l xarajatlarini hamda kovid ma’lumotnomasini o‘z hisobidan to‘g‘rilab, ularni moddiy tomondan o‘zlariga qaram qilib, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Odam savdosi hamda noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi Denov shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan «Islom Karimov» nomidagi xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida SH.Shoira D.Dilafro‘z hamda E.Elenoralarni M.Malohat hamda SH.Shodiyaning qo‘liga ya’ni Turkiya davlatiga fohishalikka jo‘natayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan M.Malohat, SH.Shodiya va SH.Shoiralarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi «b,e» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!