Surxondaryoda erkak ayolini o‘ldirib, soylikka ko‘mib yubordi

Surxondaryoda erkak ayolini o‘ldirib, soylikka ko‘mib yubordi

Surxondaryoda erkak ayolini o‘ldirib, soylikka ko‘mib yubordi. Bosh prokuratura matbuot xizmati Hayot Shamsutdinov aniq.uz’ga xabar berdi.

Manga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida A.Q. (erkak) turmush o‘rtog‘i F.T. (ayol) bilan oldindan davom etib kelayotgan oilaviy nizo tufayli o‘zaro munosabatlarni tiklash maqsadida ayolini yashash xonadoniga olib borayotgan vaqtda yo‘lda tortishib qolib, janjal davomida avtomashinasida otvyortka bilan F.T.ning ko‘krak qafasiga bir necha marotaba sanchib olib, uni qasddan o‘ldirib, “Dashtig‘oz” mahallasi hududidagi soylikka tashlab, ko‘mib yuborganligi aniqlangan.

RSTEIAM Surxondaryo filialining 2024 yil 1 mart kunidagi 28-sonli dastlabki ma’lumotnomasida, marhuma F.T.ning qorin bo‘shlig‘i old devori o‘rta va o‘ng yon sohalaridan qorin bo‘shlig‘iga teshib kirib oshqozon, katta charvi, o‘ng buyrakni yaralagan jarohatlar, o‘ng bilak yuqori uchligi, o‘ng bilak kaft bo‘g‘imi ichki yuzasi, o‘ng qo‘l 5-barmoq asos falangasi, chap qo‘l kaft usti, chap qo‘l 3-barmoq asos falangasi sohalaridagi kesilgan yaralar, pastki jag‘ suyagi ochiq sinishi, o‘tkir ichki va tashqi qon ketishi kabi tan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra "hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir" tan jarohati deb baholanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bandixon tuman prokuraturasi tomonidan shu yil 1 mart kuni fuqaro Q.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!