Suriya yahudiylari Putin himoyasi ostida. Berlin devorining qulashi odamlarning hayotini yaxshilamadi. Jahon matbuoti sharhi

A A A
Suriya yahudiylari Putin himoyasi ostida. Berlin devorining qulashi odamlarning hayotini yaxshilamadi. Jahon matbuoti sharhi

«Daryo» o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

Putin Suriya yahudiylari himoyachisimi?

Suriya yahudiylari Rossiya diniy diplomatiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, AQSh qo‘shinlarini masofada ushlab turish va Amerika xristian-evangelistlarni tinchlantirish maqsadiga xizmat qiladi.

Vladimir Putin chorshanba kuni hamkasbi Vengriya hukumati rahbari Viktor Orban bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot konferensiyasida Rossiya Suriya yahudiylari jamoasi bilan yaqin munosabatda ekanini va hatto ularga sinagogalarni tiklashda yordam berayotganini oshkor qildi, deb yozadi Isroilda chop etiladigan Haaretz nashri.

Putin tafsilotlarga to‘xtalar ekan, yahudiy jamoasi a’zolari soni qanchaligi, rus hukumati ularga qanday yordam berayotgani, bundan Isroil hukumatining xabari bormi yo‘qmi – bu borada gapirmadi.

Basharti Rossiya chindan-da yordam berayotgan bo‘lsa, buni Suriya hukumati bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshirayotgani aniq.

Hozirda Suriyada qancha yahudiy istiqomat qilishi borasida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Suriya qonunchiligiga muvofiq aholining etnik tarkibi haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmaydi. Ularning ahvoli haqidagi ma’lumotlar haqida ham ma’lumotlar sir saqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari bir necha o‘n yahudiy sinagogalari vayron qilingani, hukumat tomonidan musodara etilgani yoki isyonchi guruhlar qo‘l ostiga o‘tgani haqida ma’lumotlar tarqatgan.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya yahudiylarida ko‘chmas mulk, millionlab dollarlik villalar va do‘konlar bo‘lgan. Bu mulklarning aksari hukumat tomonidan musodara etilgan yoki sotilgan.

Isroil rasmiy vakillari Suriya yahudiylari jamoasi bilan aloqada bo‘lib turishi haqida xabar qilingan. Ular Tavrotning qadimgi qo‘lyozmalarini  qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan, ammo yahudiy jamoasi oqsollari bunga rozilik bermagan. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega bo‘lgan Samyuel Simonning ma’lumotiga ko‘ra, yahudiy jamoasi Bashar Asad hokimiyatini qo‘llab-quvvatlaydi va Isroilga qarshi kayfiyatda.

Putinning Suriyadagi sinagogalarni qo‘llab-quvvatlashi Rossiyaning mintaqadagi nomusulmon jamoalariga ko‘rsatayotgan yordami sirasiga kiradi. «Yaqin Sharqdagi nasroniylar og‘ir ahvolda. Ularni ta’qib qilishyapti, o‘ldirishyapti, zo‘rlashyapti va talashyapti», deb aytgan Budapeshtdagi matbuot konferensiyasida Vladimir Putin. Rossiya ularni himoya qilish choralarini izlayotganini qo‘shimcha qilib, xristian jamoalarining rahbarlarini uchrashuvga taklif qildi.

Bu Rossiya yetakchisining oliyjanobligidan emas, chunki mamlakatdagi butun urush mobaynida tinch aholi o‘ldirilishi uni unchalik qiziqtirmagan. Ammo nomusulmon aholini himoya qilish diplomatik muzokaralar mobaynida yaxshigina foyda keltirishi mumkin. Suriya aholisining 16 foizini tashkil etuvchi xristianlar Bashar Asad rejimiga xayrixoh va ular qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilmagan deb hisoblanadi.

Moskva AQSh xristian-evangelistlarni diqqat bilan kuzatmoqda, sababi ular Tramp AQSh harbiylarini Suriyadan olib chiqishini ma’qullamadi va Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishini agressiya deb baholadi. Yevangelistlar yetakchilari Trampni Suriyadagi xristian jamoati yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, ayrimlari esa  hattoki buni 1915 yildagi arman genosidi bilan tenglashtirdi.

Rossiya ularning bosimi ostida Tramp o‘z fikridan qaytib qolishidan xavfsiraydi. Shu maqsadda Putin xristianlar masalasini kun tartibiga qo‘yib, Tramp tanqiddan qutulishiga yordam bermoqchi.

AQSh yevangelistlarining erkatoyi Tramp Rossiya yordamiga ko‘z tikishga majbur. Chunki faqat ruslargina Turkiya hamda uning ittifoqchi qo‘shinlarini nomusulmon jamoalariga qarshi xatti-harakatlardan to‘xtatishi mumkin.

Brexit’da ruslarning qo‘li bormi?

«Rossiya Brexit atrofidagi g‘ala-g‘ovurlarga aralashgani qay darajada ishonchli yoki ishonchsiz?» degan savolga javob izlaydi The Guardian nashri.

Saylov yaqinlashib kelar ekan, Britaniya kun tartibida bundan-da muhimroq masalani topish amrimahol. Gap turli nayranglar ishlatilishida emas, Boris Jonson «Evropa Ittifoqidan chiqish – xalq irodasi» degan gapni saylovoldi dasturiga aylantirib olganidadir.

Bosh vazir referendum haqqoniy tarzda – o‘zgalarning ta’siri ostida o‘tkazilayotganiga shubha tug‘dirmasligi kerak. Aks holda Brexit tarafdorlari uni tiriklay g‘ajib tashlaydi. Ustiga-ustak, Brexit Jonsonning yagona ulkan g‘oyasi hamdir. Brexit sodir bo‘lmasa, konservatorlarning Britaniyani isloh qilishdagi buyuk missiyasi qanday ahvolda qoladi? Yoki to‘qqiz yil mobaynida Britaniyani boshqargan partiya mamlakat iqtisodiyotiga yetkazgan zararini kim qoplaydi, degan masala asosiy bo‘lib qoladi. Jeremi Korbin hukumat tepasiga kelishi konservatorlar uchun dahshatli kinoning o‘zi. Brexit’siz jar yoqasiga kelib qolamiz, deb o‘ylaydi ular.

Shunday qaltis vaziyatda Dauning-stritdagi 10-xona mamlakat Brexit’ga qanday yetib kelgani borasidagi ma’ruzani ochiqlashni istamayapti.

Bu ma’ruzadan chiqarilgan xulosani hech kim o‘qiy olmas ekan, xavfsizlik va razvedka qo‘mitasi xulosalari qanday, unda xavotirlanishga sabab bo‘ladigan jihatlar bormi yoki yo‘qmi, hech kim bila olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, mustaqil deputat, sobiq konservator va qo‘mita raisi Dominik Griv saylovchilar bu ma’ruza bilan tanishib chiqishi kerak deb bayonot berdi. Yodda tutish lozim, maxsus xizmatlar faoliyatidan xabardor bu qo‘mitaning qoidasi o‘zi haqida hech narsani gapirmaslikdir.

Bu ishning shubhali jihatlari bisyor. Negaki Brexit tarafdorlarining haddan ziyod ko‘p xarajatlari va mansabidan ketayotgan Jan Klod Yunkerning (Evropa Ittifoqi raisi) Boris Jonson va uning tarafdorlarini yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblashi ovoz beruvchi britaniyaliklarga ta’sir qildimi, yo‘qmi, bilib bo‘lmaydi. Xavfsizlik va razvedka qo‘mitasi Britaniyani Brexit’ga olib kelgan barcha tafsilotlarga aniqlik kiritib berishi kerak edi.

Ma’ruza xulosalarini saylov o‘tguncha yashirish xavfli tus olishi mumkin, chunki bu jamiyatning demokratiya bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Agar ovoz berish natijalari orasidagi farq katta bo‘lmasa, britaniyaliklar saylov natijalarini tan olmasliklari mumkin. Bu esa Britaniya tarixida ilk marta sodir bo‘ladigan hodisadir. Taomilga ko‘ra, Britaniyada saylovchilar saylovdan keyin xafa bo‘lib, keyin tinchib ketadi. Mag‘lubiyatga uchraganlar buni e’tirof etishi, g‘alaba quchganlar mamlakatni barchaning manfaatlari yo‘lida boshqarishga va’da berishi kerak. Lekin hokimiyatni tinchlik va xotirjamlik bilan topshirish demokratiyaga, saylovchilar soflik va adolatga ishonishiga ham bog‘liq. Davlat bu ishonchni toptashi esa aqlsiz siyosatdan boshqa narsa emas.

Britaniya saylov qonunchiligi bugun jiddiy o‘zgarishlarga zarurat sezmoqda. Internetdagi kompaniyalar saylov oldidan yolg‘on ma’lumot tarqalishidan cho‘chimoqda. Twitter siyosiy reklamani taqiqlab qo‘ydi, Facebook tarqatilayotgan ma’lumot ortida kimlar turganini aniqlash borasida shaffoflik bo‘lishini talab qilmoqda.

Vakillar palatasining madaniyat, OAV va sport bo‘yicha qo‘mitasi fevral oyidagi majlislaridan birida dezinformasiya haqida ma’ruza e’lon qildi va saylov qonunchiligi bugungi kun talabiga mos kelmay qolgani-yu, uni jiddiy isloh qilish borasida bayonot bilan chiqdi. Amalda esa Britaniya parlamentini muddatidan oldin saylovlar kutib turibdi, saylov qonunchiligi bilan shug‘ullanish uchun vaqt topilmayapti. Orada esa ma’ruzani jamoatchilikdan bekitishmoqda, bosh vazir esa o‘zi xizmat qilib erishmagan omonatga orqa qilmoqda.

Inqilob kimlarga manfaat keltirdi?

Berlin devori qulashi haqida gapirgan Gelmut Kol o‘sha tarixiy 1989 yilda «Hech kimga oldingidan yomon bo‘lmaydi, ammo ko‘pchilikka ancha yaxshi bo‘ladi», deb aytgan edi. Uning so‘zlari kommunistik mafkura tizimidan keyin Yevropada iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni tezlashtirishga yordam berdi. Oradan o‘ttiz yildan oshiqroq vaqt o‘tdi; Yevropa rahbarlari va’dalariga qay darajada sodiq qoldi, degan savolga javob izlaydi The Project Syndicate nashri.

Evropaning Praga, Buxarest va Kiyev kabi shaharlariga borsangiz, import iste’mol mahsulotlariga to‘lgan savdo do‘konlari-yu markazlariga ko‘zingiz tushadi. Katta zalli kinoteatrlarda mahalliy shahar yoshlarining Marvel blokbasterlarini tomosha qilish uchun navbatga turganining guvohi bo‘lasiz. Ehtimol, ular yupqa, sensorli iPhone’lariga tikilgancha keyingi ta’tilini Buenos-Ayres, Parij yoki Goada o‘tkazish haqida o‘ylayotgandir. Shaharlar markazida mijozlar arimaydigan qahvaxona va restoranlarga, rastalari to‘la supermarketlarga duch kelasiz. Ular mahalliy elitadan tortib shaharga tashrif buyurgan barcha-barchaga xizmat ko‘rsatadi. Yetishmovchilik, talon tizimini ko‘rgan kommustik o‘tmishdan farq qilib, bugungi Sharqiy va Markaziy Yevropa uchun yangi imkoniyatlarning cheki yo‘q.

Lekin xuddi shu shaharlarning qashshoqlari va pensionerlari eng oddiy qulayliklarga ham arang pul topadi. Keksalar issiqlik, dori-darmon va yegulik orasidan eng zarurini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Qishloq joylarda ayrim oilalar xo‘jalik yuritishning eskicha usuliga o‘tib olgan. Yoshlar guruh-guruh bo‘lib, yaxshi hayot ilinjida xorijga ketmoqda. Siyosiy nigilizm, iqtisodiy qiyinchiliklar jamiyatda ishonchsizlik o‘sishiga, avtoritar o‘tmish barqarorligi va xavfsizligini eslashga, sog‘inishga olib kelmoqda. Populist siyosiy rahnamolar esa jamiyatning tushkun ahvoldagi aholi qatlamidan foydalanib qolishga urinmoqda.

Ikki dunyo yonma-yon yashab kelmoqda. Keyingi 30 yillik davr Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyodagi ozchilik uchungina ijobiy o‘zgarishlar olib kelgan bo‘lsa-da, bu sobiq kommunistik mamlakatlar aholisining katta qismi uchun ulkan iqtisodiy falokatlarni ham keltirdi.

1990-yillardayoq mutaxassilar bu mamlakatlarda resessiya bo‘lishi mumkinligini yaxshi bilar edi. Lekin ular resessiya bu qadar vayronkor bo‘lishi mumkinligini tasavvur ham qila olmas edi. AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jahon banki hamda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki ma’lumotiga ko‘ra, Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridagi inqirozni AQShda kechgan 1929 yildagi Buyuk inqiroz ko‘lami bilan tenglashtirish mumkin.

Postkommunistik mamlakatlardagi iqtisodiy falokat millionlab muddatidan oldingi o‘lim, ommaviy emigrasiya va kommunistik davrda bo‘lmagan ijtimoiy kasalliklar, xususan, uyushgan jinoyatchilik ko‘lamining o‘sishi, oshib boruvchi tengsizlikka olib keldi. Ko‘plab post kommunistik mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning umumiy raqamlari daromad qarama-qarshiligi o‘sayotganini yashirib kelmoqda.

Bu mamlakatlarda aholi soni o‘limning keskin ko‘paygani va emigrasiyaga ketayotganlar hisobiga keskin kamayib bormoqda.

G‘arb va Sharqdagi liberal elita sovuq urush tinchlik bilan nihoyasiga yetganini nishonlab, keyingi 30 yilda yuz bergan yutuqlardan quvonmoqda. Biroq ko‘pchilik kapitalizm kirib kelganidan foyda ko‘rmaganini ham unutmaslik lozim. Ijtimoiy so‘rovlar jamiyatda ishonch darajasi pasayib borayotgani, davlat idoralariga ishonchsizlik ortayotgani va daromad notengligidan norozilik o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Bularning barchasi keyingi o‘n yillar mobaynida siyosiy va iqtisodiy hayotga ta’sir ko‘rsatib boraveradi.

Berlin devori qulaganidan keyingi 30 yil Gelmut Kol aytganlarining teskarisini isbotladi: ko‘pchilik uchun hayot ilgarigidan yomonlashdi, ozchilik uchun yaxshilandi. Farovonlik hamma uchun yetarli bo‘lmagunicha 1989 yil boshlangan inqilob nihoyasiga yetmagan bo‘lib qolaveradi.

Jahongir Ergashev tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

O‘zbekiston taklifni qabul qilmagan mashhur murabbiy mundialga boshqa termani olib boradi

Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.