Superkompyuter Germaniyadagi Yevro—2024 futbol turniri g‘olibini bashorat qildi

Superkompyuter Germaniyadagi Yevro—2024 futbol turniri g‘olibini bashorat qildi

Superkompyuter Germaniyadagi Yevro—2024 turnir g‘olibini bashorat qildi.

Kompyuter xulosasiga ko‘ra, ushbu turnirda Angliya va Fransiya favorit deb hisoblanmoqda. Bundan tashqari, Germaniyada ham o‘zi mezbonlik qilayotgan turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritish imkoniyati baland.

Mart oyida o‘rtoqlik o‘yinlarida Angliya Braziliyaga mag‘lub bo‘ldi va Belgiya bilan durang o‘ynadi.
Shunga qaramay, OCB Scores superkompyuteri hali ham Angliyani Yevropa kubogini 14 iyul sanasida boshi uzra ko‘tarishini bashorat qilmoqda, Garet Sautgeyt shogirdlarining bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 34,4 foizni tashkil qiladi.

Superkompyuterga ko‘ra, Fransiya ikkinchi favorit bo‘lib, unda g‘alaba qozonish imkoniyati 28,3 foiz, Germaniyaga esa atigi 13,5 foiz imkoniyat berilgan.

Tashkilotning hisoblashicha, quyidagi jamoalar turnir g‘olibligini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlar hisoblanadi.

  1. Angliya — 34,40 %
  2. Fransiya — 28,3 %
  3. Germaniya — 13,5 %
  4. Portugaliya —10,2 %
  5. Ispaniya — 8,7 %

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!