Sun’iy intellekt saraton kasalligini tashxislash va davolashda faol rol o‘ynay boshladi

Sun’iy intellekt saraton kasalligini tashxislash va davolashda faol rol o‘ynay boshladi

Sun’iy intellekt saraton kasalligini tashxislash va davolashda faol rol o‘ynay boshladi.

Bu haqda Gematologik kam uchraydigan kasalliklar assosiasiyasi asoschisi prof. Fevzi Altuntash Anadolu bilan suhbatda.

Ko‘plab sohalarda, jumladan, sog‘liqni saqlashda ham qo‘llanila boshlangan sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha muhim tadqiqotlar olib borilgani va qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatga erishilganini ta’kidladi.

Altuntash, sun’iy intellekt, ayniqsa, saraton kasalligini tashxislashda juda muhim ekanligini ta’kidladi.

«Sog‘liqni saqlashning samarasizligi dunyo miqyosida qariyb 40 foizga yetdi. Ushbu yo‘qotishlarning qariyb yarmi sun’iy intellekt ilovalari yordamida klinik yoki operativ tarzda tuzatilishi mumkin bo‘lgan jarayonlar bilan bog‘liq. Sun’iy intellekt bemorni davolash va sug‘urta yo‘llarini tasdiqlash, tibbiy yozuvlar va ma’lumotlar to‘plamini yaxshilash kabi muntazam biznes jarayonlarini takomillashtirish va samaradorlikni oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, shifokorlarning diagnostika va davolash imkoniyatlarini kuchaytiradi. Hali juda yangi bo‘lsada, u tibbiy tasvirlash bo‘yicha mutaxassislarga rentgenografiya, PET/skanerlash, MRI va ultratovushdan olingan tasvirlarni yaxshiroq ajratish, aniqlash, tasniflash va izohlash imkonini beradi», dedi Altuntash.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt ilg‘or molekulyar usullar yordamida genomik tadqiqotlarni baholashni osonlashtiradi, bu esa ma’lumotlar bazalari yordamida simptomlarni o‘rganish orqali bemorning ahvolini tahlil qilish imkonini beradi.

“Bu zarur tahlillarni o‘tkazish va tegishli davolashni belgilash orqali tashxis qo‘yishni osonlashtiradi. Misol uchun, biopsiya tasvirlarida saraton bilan bog‘liq oqsillarni aniqlash va tahlil qilish orqali tezda tashxis qo‘yish va davolashni boshlash mumkin, - tushuntirdi professor.

Altuntashning aytishicha, sun’iy intellekt ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tibbiy tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar va sog‘liqni saqlash bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda yordam beradigan raqamli vositaga aylanadi.

«Sun’iy intellektga asoslangan saraton kasalligini aniqlashning avtomatik usuli ishlab chiqildi, bu limfa tugunlari hujayralarini tekshirish orqali ko‘krak saratoni mavjudligini aniqlash imkonini beradi», dedi Altuntash.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!