Strasburg sobori bomba tahdidi tufayli evakuasiya qilindi

Strasburg sobori bomba tahdidi tufayli evakuasiya qilindi

Fransiyaning sayyohlik diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan Strasburg sobori portlash haqidagi xabardan keyin evakuasiya qilindi.

Noma’lum shaxs polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, cherkovga o‘rnatilgan bomba kechqurun portlashi haqida xabar bergan.

Soborga tashrif buyuruvchilar va xizmatchilar evakuasiya qilindi, hudud tintuv qilindi. Bino ichida va atrofida hech qanday xavfli narsalar topilmadi. Bir necha soatlik tekshiruvdan so‘ng sobor yana tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!