Stenokardiya qanday hollarda jarrohlik yo‘li bilan davolanadi?

Stenokardiya qanday hollarda jarrohlik yo‘li bilan davolanadi?

JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda yuz berayotgan o‘lim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari tufayli kelib chiqyapti. Oqibatda yiliga taxminan 17,9 million nafar inson hayotdan ko‘z yummoqda.

📌 Bu, avvalo, sog‘lom turmush tarziga yetarli darajada amal qilinmagani, qolaversa, mazkur xastaliklar erta bosqichda aniqlanib, o‘z vaqtida muolaja qilinmagani bilan bog‘liq.

🔽 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilov ana shunday patologiyalardan biri — stenokardiya haqida ma’lumot berdi.

🫀— Stenokardiya yurakka boruvchi qon oqimi yomonlashganda, ya’ni arteriya tomiri berkilib qolganda yuzaga keladi, — deydi mutaxassis. — Aslida bu – alomat. Kelgusida yurak xurujining oldini olish uchun organizmning ogohlantirishi.

🩺 Kasallikning asosiy belgisi — ko‘krak sohasidagi og‘riq, bosim yoki achishish. Qolaversa, bu patologiyada nafas qisishi, ko‘p terlash, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, holsizlik kuzatiladi.

♻️ Stenokardiyani keltirib chiqaruvchi qator omillar bor. Masalan, yuqori qon bosimidan aziyat chekuvchilarda vaqt o‘tishi bilan arteriyalar zarar ko‘radi. Xolesterin yoki qondagi trigliseridlarning yuqori darajasi esa qon tomirlari devorida yog‘li qatlam hosil qiladi.

🍻 Shuningdek, muntazam alkogol iste’mol qilish, chekish, diabet, nofaol hayot tarzi, keksalik ham stenokardiya rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

🔎 Mazur yurak ishemik kasalligining asosiy 2 turi bor. Birinchisi — surunkali koronar sindrom. Uning alomatlari sekinlik bilan, bosqichma-bosqich rivojlanadi. Odatda bu simptomlar kuchli stress yoki jismoniy zo‘riqish chog‘ida yuzaga keladi va bemor tinchlangach yoki dam olgach, o‘tib ketadi.

▶️ Curunkali koronar sindromda hayot uchun favqulodda jiddiy xavf tug‘dirmasa-da, yurak mushagiga qon yetkazuvchi arteriyalar torayishi bora-bora yurak xuruji ro‘y berishi xavfini oshiradi.

🔬O‘tkir koronar sindromda esa aksincha, belgilar to‘satdan paydo bo‘ladi, tinchlik holatida ham 30 daqiqagacha va undan ko‘proq saqlanib qoladi. Bunday vaziyatda yurakning qon ta’minoti va ish qobiliyati xavf ostida qoladi. Shu bois o‘tkir koronar sindromda bemorga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish zarur.

‼️Stenokardiyani davolashda kompleks davolash kursi buyuriladi. Kasallik omillarini bartaraf etish uchun bemorning hayot tarziga o‘zgartirishlar kiritish tavsiya etiladi. Ba’zi hollarda esa teri osti koronar aralashuvi (stentlash) yoki aorta-koronar shuntlash amaliyotlari qo‘llanilishi mumkin. (https://telegra.ph/file/9ec28a5a286a65cc20b84.png)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!