"Sport zalda sochi olingan o‘quvchilar": Ombudsman holatni o‘rganmoqda

"Sport zalda sochi olingan o‘quvchilar": Ombudsman holatni o‘rganmoqda

OAV da «Navoiyda maktab o‘quvchilari dars payti sport zalga yig‘ilib, sochi olindi» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda❕

«Maktab ma’muriyati tomonidan bunday harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, bu umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining odob-ahloq qoidalariga zid. Muhimi esa, bu bolaning Konstitusiyada kafolatlangan shaxsiy daxlsizlik huquqi hamda uning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga tahdid soladi. Mazkur harakatga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi zarur», - deb ta’kidlaydi Bolalar ombudsmani.

Hozirda bu kabi nomaqbul holatlarning boshqa ta’lim muassasalarida ham yuzaga kelmasligi bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!