Sony Music kompaniyasi Maykl Jekson qo‘shiqlari katalogining yarmini 600 million dollarga sotib oldi

Sony Music kompaniyasi Maykl Jekson qo‘shiqlari katalogining yarmini 600 million dollarga sotib oldi

Amerikaning Sony Music rekord va musiqa kompaniyasi mashhur qo‘shiqchi Maykl Jekson qo‘shiqlari katalogining yarmini 600 million dollarga sotib oldi.

BBC xabariga ko‘ra, bu musiqa san’atkorining aktivlari bo‘yicha tuzilgan eng yirik bitimdir.

Shartnoma shuningdek, Jeksonning Mijac kompaniyasi tomonidan sotib olingan Rey Charlz, Elvis Presli va Areta Franklinning bir nechta qo‘shiqlarini o‘z ichiga oladi.

Jeksonning barcha qo‘shiqlarini o‘z ichiga olgan musiqa katalogi 1,2 milliard dollardan oshadi.

2021 yilda amerikalik rok qo‘shiqchisi Bryus Springstin o‘zining butun qo‘shiqlar katalogiga bo‘lgan huquqlarni Sony Music ovoz yozish kompaniyasiga 500 million dollarga sotishga rozi bo‘ldi. O‘shanda bu musiqa industriyasi uchun rekord kelishuv ekanligi qayd etilgan edi.

Amerikalik qo‘shiqchi, qo‘shiq muallifi, prodyuser, aranjirovkachi, raqqosa, xoreograf, aktyor, ssenariynavis, xayriyachi va tadbirkor Maykl Jekson 2009 yil 25 iyunda vafot etdi. Pop musiqasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli ijrochilardan biri, «Pop qiroli» sifatida tanilgan u 15 ta Grammy mukofoti va yuzlab boshqa mukofotlarni qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!