Somalilandda prezidentlik saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi

Somalilandda prezidentlik saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi

Somalilandda prezidentlik saylovlari 2024 yil 13 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda o‘ttiz yildan ko‘proq vaqt oldin o‘z suverenitetini e’lon qilgan viloyat saylov komissiyasi ma’lum qildi.

“Saylov komissiyasi ovoz berishni xalqning xohish-irodasi va intilishlarini to‘g‘ri aks ettiradigan tarzda o‘tkazish niyatida”, — deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Somalida prezidentlik saylovlari 2022-yilning noyabrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq bu sanadan bir oy oldin mahalliy parlament mintaqaning amaldagi prezidenti Musa Bihi Abdining vakolat muddatini ikki yilga uzaytirdi.

Somaliland xalqaro hamjamiyat tomonidan Somalining bir qismi sifatida tan olingan, ammo Somaliland Respublikasi hukumati 1991 yil bahorida bir tomonlama ravishda davlat suverenitetini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!